Toshkentda Qirg‘izistonning “KTE–Tashkent 2018” turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Kabar” ma’lum qildi.
Ko‘rgazma Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi, Madaniyat, turizm va sport vazirligi, Asia Exhibitions turistik korxonasi va dam olish maskanlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada Qirg‘izistonning turistik korxonalari, dam olish maskanlari assotsiatsiyasi, tibbiyot turizmi, mehmonxonalar va OAVning 100 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.
Tadbir davomida III Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston havo yo‘llari, O‘zbekiston temir yo‘llari AJ va Avtomobil transporti agentligi vakillari qatnashadi.
Tadbir 22–23-may kunlari Toshkentning “Miran International Hotel” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)