Alyaskadagi Port-Xeyden qishlog‘i yaqinida qariyb 200 ta morj yig‘ildi va mahalliy aholini hayratga soldi. Qishloq aholisining soni 110 kishini tashkil qiladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Port-Xeyden qabila kengashi rahbari Jon Kristensen 7-aprelda qirg‘oq bo‘yidagi morjlarni ko‘rib qolgan. Ikki haftadan so‘ng Kristensen qishloqdan 32 kilometr uzoqlikda yig‘ilgan minglab morjlarni uchratgan.
Hayvonlarning nima sababdan bu yerda to‘plangani hozircha noma’lum. Olimlar bunga sabab sifatida yegulik izlab kelishni ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)