“UzNews.uz” Toshkent shahri Mirobod tumanidagi o‘z uyida 8-may, seshanba kuni osilgan holda topilgan yigit haqidagi xabarlarni o‘rganib chiqdi.
Toshkent davlat yuridik universitetining sobiq talabasi ingliz tilidan imtihon topshira olmay o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Toshkent shahri Mirobod tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlarida Universitet talabasining o‘limi borasida biror-bir rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Talabaning vafoti haqida universitetga taqdim etilgan hujjatga asosan o‘lim holati 2018-yil mart oyida Toshkent shahrida emas, respublikaning boshqa hududida qayd etilgan.
Talabaning ingliz tilidan imtihonni topshira olmagani haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlanmadi. Yuridik universitetning ma’lum qilishicha, imtihondan o‘tmagan talabalarga qayta topshirish uchun ikki marta imkoniyat beriladi. Imtihondan o‘ta olmaganlar universitet talabalari safidan chetlashtirilmaydi, balki keyingi o‘quv yilida o‘sha bosqichda o‘qishni davom ettirish uchun qoldiriladi.
Izoh (0)