Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan harbiy qismda “Xotira bog‘i” ochildi. Bu haqda, Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, O‘zA xabar berdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan bayram tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi vakillari, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov Vatan himoyasi yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Bugungi kunda xalqning bunday jasur o‘g‘lonlari tahsil olgan ko‘plab maktablarda xotira burchaklari tashkil etilib, qahramonlarning oila a’zolari va xizmatdoshlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Yodgorlik poyi gullarga burkandi. Harbiy orkestrning musiqasi yangradi. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari ijrosida vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan she’r va ko‘shiqlar yangradi.
Izoh (0)