Internetda bir-biriga o‘xshash ikki otaning suratlari tezlik bilan tarqalmoqda. Suratlarda uni e’lon qilgan foydalanuvchining otasi va katta akasi aks etgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xabar qilinishicha, ikki surat orasidagi vaqt farqi 30 yilni tashkil qiladi. Ikki holatda ham erkaklar ko‘zini yumib yotgan holda kichkina bolalar bilan tasvirlangan.
Ikkala ota ham shu qadar o‘xshashki, dastlab ularning boshqa-boshqa kishi ekanligiga ishonish qiyin. Biroq e’tibor bilan qaralsa, ularning orasidagi farqni ko‘rish mumkin.
Izoh (0)