2018-yilning 4–8-may kunlari umumta’lim maktablarida “Mardlik va jasorat” darslari tashkil qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining sayti xabar bermoqda.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

“Mardlik va jasorat” darslari urush qahramonlari hamda mustaqillik yillarida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan.

Ta’lim muassasalarida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi