AQSh fuqarosi, asalchi Uolles Lizervud yuk mashinasiga kirib olgan minglab arilar bilan birgalikda 65 kilometr yo‘l yurdi. Bu haqda ABCNews xabar berdi.
Lizervud hasharotlarni sotish uchun olib ketayotgan bo‘lgan va tushlik qilish uchun to‘xtagan. Asalchi mashinaga qaytib kelganida 3 mingga yaqin ari qutilaridan chiqib yuk mashinasining kuzovini to‘ldirib yuborganini ko‘rgan. U baribir yo‘lni davom etishga qaror qildi. “Men arilarni yo‘qotishni istamadim. Har bir quti 165 dollar turadi”, — deydi Lizervud.
O‘zining sayohatini asalchi videoga olgan. Yo‘lda birorta ham ari uni chaqmagan, biroq Lizervud yuk mashinasini bo‘shatyotganda hasharotlar unga hujum qilgan.
Izoh (0)