Amerikalik aktyor Silvestr Stallone Vyetnam urushi veterani haqidagi “Rembo” franshizasining beshinchi qismini suratga olishga kirishishga tayyor. Bu haqda Deadline xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Nashrning ma’lum qilishicha, Stallone hozirda ssenariyni o‘rganib chiqmoqda, suratga olishni boshlashning taxminiy sanasi joriy yilning sentabriga belgilangan. Beshinchi qism prodyuseri Avi Lernerdir.
Franshizaning beshinchi qismida Remboning do‘stlaridan birining qizini o‘g‘irlab ketishadi va bosh qahramon Meksikaga yo‘l oladi. Rembo qo‘shni mamlakat chegarasini kesib o‘tishi bilan Meksikaning eng shafqatsiz kartellaridan biriga qarshi jangga kirishadi.
Izoh (0)