Pokiston vaziri Axsan Iqbolga radikal siyosiy partiya a’zosi o‘q uzganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Jinoyatchi hibsga olingan va u o‘zining Texrik-e-Labayk siyosiy partiyasiga a’zo ekanligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Pokistonda mamlakat Ichki ishlar vaziriga suiqasd uyushtirilgan. U yelkasidan jarohat olgan.
Izoh (0)