Toshkent shahar va “Minor” masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov komadan chiqdi. “Xabar.uz”ning o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, qorining ahvoli hozir “ancha yaxshi”.
“Salomatliklari barqaror holatda ekani aytilmoqda”, — deyiladi internet-nashr xabarida.
Avvalroq Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirgani, bir necha haftadan beri komada yotgani haqida xabarlar berilgan edi.