Marvel komikslarining muxlislari “Qasoskorlar” kinoseriyasi bosh salbiy qahramoni Tanosni aynan salbiy qahramon rolini ko‘rishni istamayapti. Twitter foydalanuvchilari uning xatti-harakatlarini ratsional tushuntirishga urinmoqda, deb yozadi Mashable.
Film syujetiga ko‘ra, Tanos cheksizlik toshlarini to‘plab, reallikni o‘zgartirishga urinadi. Bu kuch yordamida u koinotning yarmini yo‘q qilib, bu bilan muvozanatni tiklashni rejalashtiradi. Chunki koinotda aholining ko‘pligi tufayli resurslar taqchilligi yuzaga kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarning ko‘pgina ishtirokchilari Tanosning bu xatti-harakatlari mantiqan to‘g‘ri va asosli deb hisoblamoqda.
“Tanosning aholi ko‘pligi muammosini koinotning yarmini yo‘q qilish bilan hal etish g‘oyasi TED ma’ruzasiga loyiq”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Izoh (0)