2024-yilda AQShning Orion kosmik kemasi bortida rossiyalik birinchi kosmonavt Oyga parvoz qilishi mumkin. Kosmonavt Rossiya shlyuz kamerasining Lunar Orbital Platform oy yaqinidagi xalqaro stansiyasiga montaj qilishda ishtirok etadi. Bu haqda kosmik-raketa sohasi manbasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar doirasida oy yaqinidagi stansiyaga parvoz qiluvchi missiyaning xomaki loyihalari ishlab chiqilgan. Jumladan, Orion kemasi ekipaji tarkibida bir nafar rossiyalik kosmonavtning parvoz qilish ehtimoli muhokama qilinmoqda.
Rossiyalik kosmonavt modulning stansiya tarkibiga integratsiyasini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)