Toshkentda “Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligining dolzarb masalalari” II xalqaro kongressi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Stomatologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda dunyoning o‘n besh mamlakatidan, jumladan, Belgiya, Koreya, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izistondan kelgan yetakchi stomatolog olimlar ishtirok etmoqda.
Ushbu kongress magistrlar, yosh mutaxassislar va amaliyot shifokorlarining tajribasini oshirishga, amaliyot uslublari, eng zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda ta’lim dasturlarini keng joriy etishga qaratilgan.
Tadbir dasturidan xalqaro tajribaga ega olimlar tomonidan tishlarni kosmetik tiklash (restavratsiya), parodontologiya, ortodontiya va implantologiya sohalarida o‘tkaziladigan mahorat darslari ham o‘rin olgan.
Izoh (0)