Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lganida haydovchilik guvohnomasi berish jarayonini bevosita kuzatdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumki, mamlakatda haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Bu guvohnomalarga ID maqomi berilgan. Ya’ni, ularga mikrochip o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsning pasport ma’lumotlari kiritiladi. Pasport bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga o‘tadi.
Davlat rahbari haydovchilik guvohnomasi almashtirish tizimini yuqori baholadi.
Izoh (0)