Moliya vazirligi Toshkent viloyati Qibray tumani uchun Toshkent IES taqdim qiladigan issiqlik energiyasiga to‘lovlar tarifini o‘zgartirdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.
Yangi tarif 17-maydan e’tiboran kuchga kiradi. Barcha turdagi iste’molchilar, jumladan, ulgurji xarid qiladigan olibsotarlar va issiqxona xo‘jaliklaridan 1 Gkal uchun olinadigan to‘lov 66888 so‘mga (joriy tarif — 62600 so‘m) teng. Birgina “Issiqlik manbasi” korxonasi uchun 1 Gkal bahosi 63272 so‘m etib belgilangan.
Yangi tarifning kuchga kirishi munosabati bilan 2017-yil 29-dekabrda joriy qilingan tariflar bekor qilinadi.
Izoh (0)