2-may kuni Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston viloyati, Oqjoyiq tumani, Lbiyensk qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Uralsk – Atirov” avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan MAN rusumli yuk avtomobili bilan Setra avtobusi to‘qnashgan edi.
Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi halok bo‘lganlar haqida ma’lumot keltirdi.
Ne’matov Olim, 1978-yili tug‘ilgan (MAN yuk avtomobili haydovchisi, yashagan manzili: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Furqat ko‘chasi, 22-uy);
G‘afurov Farid, 1975-yili tug‘ilgan (Setra avtobusi haydovchisi, birlamchi ma’lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashagan).
Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari birgalikda vafot etgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot ularning yaqin qarindoshlariga yetkazildi.
Shuningdek, FVV va IIV O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)