Janubiy Koreya 1-may kunidan qurolsizlantirilgan zonadagi ovozkuchaytirgichlarni demontaj qilishni boshlaydi. Ular KXDRga qarshi targ‘ibot olib borish uchun qo‘llanilar edi. Bu haqda 30-aprel kuni Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ovozkuchaytirgichlarni yo‘q qilish haqidagi kelishuvga KXDR va Janubiy Koreyaning Pxanmunjom chegara punktidagi sammitida erishilganligi ta’kidlanmoqda.
“Qurolli kuchlarimiz Pxanmunjom deklaratsiyasida ko‘zda tutilgan choralar doirasida 1-maydan harbiy-demarkatsiya chizig‘ida o‘rnatilgan ovozkuchaytirgich batareyalarni demontaj qilishni boshlaydi”, — deyiladi Janubiy Koreya harbiy boshqarmasi xabarida.
Izoh (0)