O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Erdo‘g‘on O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ham gulchambar qo‘ydi.
Buyuk davlat arbobi va mustaqillik asoschisining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Izoh (0)