Oldin xabar qilinganidek, O‘zbekistonning eng yirik uyali aloqa operatori — Beeline 26,9 milliard so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Kompaniya Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bo‘yicha davlat inspeksiyasi shikoyatiga asosan jarimaga tortildi. Tegishli qaror 9-fevral kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan edi. Toshkent iqtisodiy sudi kollegiyasi Unitel kompaniyasining (O‘zbekistonda Beeline brendi sohibi) apellyatsiyani rad etdi. Shu tariqa, operator jarimani to‘laydigan bo‘ldi.
Shu munosabat bilan kompaniya rasmiy izoh berdi va sud qaroriga o‘z e’tirozini bildirdi.
Telekom sohasining eng yirik investori va soliq to'lovchisi bo'lgan Beeline’ning mustaqil ekspertlarning xulosasi va Xalqaro elektr aloqa ittifoqi pozitsiyasi inspeksiya tarafidan hisobga olinmaganiga ixlosi qaytdi.AKT bozorining mas’uliyatli ishtirokchisi bo‘lgan kompaniyamiz me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, mavjud sanoat nizomlarini eng yaxshi jahon amaliyotiga olib chiqish, shuningdek, uning faoliyatiga obyektiv baho berishidan manfaatdordir. Natijada Aloqa, axboratlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hech qachon Unitel MChJga nisbatan aloqa mezonlari sifati bo‘yicha hech qanday qonuniy da’vo qo‘zg‘atmagan va 26-aprel kuni bo’lib o‘tgan sud muhokamalari davomida xizmat mavjudligi to‘g‘risida mulohazalari yo‘qligini yana bir bor tasdiqladi. Bu, birinchi navbatda, tarmoqni kengaytirish va modernizatsiyalashga qaratilgan keng ko'lamli investitsiyalarga bog'liq. 2018-yilni faol tadbirkorlik, Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilinganidan beri, Beeline’ning tashqi Internet-kanali 10 dan 25 Gbit/sekundgacha kengaytirildi, bu bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra mamlakatdagi barcha boshqa uyali aloqa operatorlarining umumiy sig‘im miqdoridan yuqoriroqdir.
O‘tgan yili 1200 dan ziyod yangi baza stansiyalari ishga tushirilishi ham O‘zbekiston uchun misli ko‘rilmagan natijadir. Rivojlanishning rekord darajasida Beeline regulyatordan yordam olish o‘rniga sud da’volarini olishi afsuslantiradi.
Albatta, bunday munozarali ayblovlar bo‘yicha budjetdan bunday yirik summalarni olish, hech bo‘lmaganda investorlarning kapital mablag‘lar va sarmoyalarni ko‘paytirishga yordam bermaydi.
Kompaniya 17 yil davomida inspeksiya tomonidan uyali aloqa operatorlariga nisbatan tan olingan va amal qiladigan radiouzatkichlar standartlarining qo‘llanilmasligini talab qilishni davom etadi.
Izoh (0)