2017-yili O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan Qozog‘istonga tashrif buyurgan turistlar soni bo‘yicha sezilarli darajada o‘tib ketdi. Bu haqda Sputnik yozmoqda.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, 2017-yili Qozog‘istonga 3,5 millionga yaqin o‘zbekistonlik borgan. Shu tariqa, O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Germaniya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlardan ustun — u yerlardan Qozog‘istonga 94,8 mingdan 1,7 milliongacha turist kelgan.
Yil davomida Qozog‘istonda jami 7,7 million chet ellik bo‘lgan.
Izoh (0)