Eshitishida buzilish mavjud bo‘lgan 13 nafar iste’dodli yosh O‘zbekistonning bir necha shaharlarida ekskursiyada bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Quvasoy shahridagi ixtisoslashgan maktab-internat o‘quvchilari safarini Farg‘ona mintaqaviy turizmni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat hokimiyati, Qo‘qon shahar hokimiyati, Yoshlar Ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi hamda Al-Fergani Tur turistik firmasi tashkil etdi.
Surdotarjimon ishtirokida bo‘lib o‘tgan safarda bolalar Marg‘ilondagi “Yodgorlik” zavodida, Rishtondagi Tohir Haydarov uy-muzeyida va boshqa joylarda bo‘ldi.
Izoh (0)