Janubiy Koreya poytaxtida Shimol bilan yarashishga qarshi ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda minglab odamlar qatnashdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, tadbirga ko‘plar AQSh bayroqlarini ko‘tarib kelgan. Shuningdek, “Amerika, rahmat!” yozuvi tushirilgan transparantlar ko‘zga tashlangan.
Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, KXDR “aksildavlat tashkiloti”dir. Shunga qaramay, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimol rahbari Kim Chen In bilan sammit o‘tkazib, yarashuvga erishdi. Bu ikki Koreya o‘rtasidagi urushni ko‘rgan fuqarolarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)