27 yoshli Inuka — tropiklarda dunyoga kelgan ilk va yagona oq ayiq qarilikdan vafot etdi, deb yozadi National Geographic.
1990-yilning 26-dekabrida Singapur hayvonot bog‘ida oq ayiq Inuka dunyoga keldi. U bu turning tropik iqlimda dunyoga kelgan birinchi vakili bo‘ldi. Qulay sharoit, foydali oziq-ovqat va tibbiy yordam Inukaga uzoq yashash imkonini berdi: o‘tgan yil yakunida uning 27 yoshga to‘lishi nishonlandi.
Yovvoyi tabiatda oq ayiqlar 25 yildan ortiq yashamaydi. Tutqunlikda esa bu muddat ba’zan 45 yilga ham yetishi mumkin, biroq bu paytga kelib ularning organizmi juda zaiflashib qoladi. Inuka ham oxirgi yillarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan.
2018-yilning 25-apreli tongida ayiq vafot etdi. 26-aprel kuni u bilan xayrlashish marosimiga 400 nafar xodim keldi.
Izoh (0)