27-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Pokiston harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiyaga Pokiston quruqli qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Qamar Jovid Bajva boshchilik qilmoqda.
Mehmonni qutlar ekan, Shavkat Mirziyoyev bu uchrashuv O‘zbekiston va Pokiston aloqalari kengayib borayotganidan dalolat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Turli darajadagi siyosiy aloqalar faollashgani qayd qilib o‘tildi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, o‘tgan yil aprel oyidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishida reyslarni amalga oshira boshlagani ta’kidlandi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
General Bajva O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorli bildirdi hamda Pokiston prezidenti Mamnun Husaynning salomlarini yetkazdi.
Izoh (0)