O‘zbekistonlik yosh parlamentariylar Rossiyaning Ingushetiya respublikasida start olgan “Magas-2018” sammitida qatnashmoqda. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Forumga 12 mamlakatdan yoshlar tashrif buyurdi, ular orasida Fransiya, Monako, Ispaniya, Makedoniya va Suriya vakillari bor.
Sammit yoshlar parlamentarizmi raqobatbardoshligini oshirish, uning xalqaro faoliyatdagi rolini oshirishga qaratilgan.
Izoh (0)