26-aprel kuni AQSh Kongressining vakillik palatasi Eronda inson huquqlari buzilishi munosabati bilan mamlakat mansabdor shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini deyarli bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda qonunchilik organi quyi palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Tashabbusni 410 kongressmen ma’qulladi, ikki nafari qarshi ovoz berdi. U, jumladan, AQSh fuqarolarining noqonuniy, siyosiy sabablar tufayli qamalishiga javobgar mansabdor shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy etishni ko‘zda tutadi.
Qonun loyihasi Vashington ma’muriyati inson huquqlari buzilishi munosabati bilan Eron rasmiy shaxslariga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishi kerak-kerak emasligini aniqlashi lozimligini talab qiladi. U, shuningdek, davlat sektoridagi korrupsiya tufayli Eron kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etish zaruratini belgilashni talab etadi.
Izoh (0)