Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 27-aprel, juma kuni Toshkent vaqti bilan 05:30 da demarkatsiya chizig‘ida uchrashadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Mamlakat rahbarlarining qurolsizlantirilgan zonadagi uchrashuvidan so‘ng Janubiy Koreya faxriy gvardiyasi siyosatchilarni muzokaralar o‘tkaziladigan joyga kuzatib qo‘yishi ma’lum qilindi. Muzokaralar Toshkent vaqti bilan 06:30 da boshlanadi.
Sammit yakuniga ko‘ra mamlakatlar yetakchilarining qo‘shma hujjatni qabul qilishi kutilmoqda.
“RIA Novosti” nashrining aniqlik kiritishicha, Kim Chen Inga uning singligi Kim Yo Chen hamrohlik qiladi.
Izoh (0)