Rossiyaning “Ankor” kadr xoldingi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda kompaniya rahbari Sergey Salikov “Delovoy Peterburg” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2017-yili kompaniya rekrutment ko‘tarila boshlaganini payqagan, kompaniya Gruziya, Boltiqbo‘yi davlatlariga qiziqa boshlagan. O‘zbekiston bozoriga chiqish esa hal qilingan masala — Toshkentda kompaniya ofisi ochilmoqda.
“Ankor”ga 1990-yili asos solingan. Uning tarkibiga rekruting, staffing, autsorsing va konsalting sohasi bilan shug‘ullanuvchi o‘nta shu’ba korxonasi kiradi. Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va Belarusda kompaniya raspolagayet qirqdan ortiq shaharlarda o‘z ofislariga ega.
Oldinroq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)