Peterburgda maktab avtobusi haydovchisiga bita bilan hujum qilgan o‘zbekistonlik ayol besh oyga koloniyaga hukm qilindi. Bu haqda mahalliy OAVlari xabar bermoqda, deb yozadi “Sputnik Uzbekiston”.
Ayol 2017-yilning dekabrida do‘sti bilan maktab avtobusi haydovchisiga hujum qilgan.
Kirovlik maktab o‘quvchilarni bolalar archasidan olib qaytayotgan avtobus yo‘lini kutilmaganda Range Rover to‘sgan. Mashina egasi, ozarbayjonlik erkak haydovchi YHX qoidalarini buzganligi uchun jazolanishi kerak degan xulosaga kelgan va haydovchini avtobusdan chiqarib, bir necha marta pichoq urgan. Uning hamrohi bo‘lgan ayol esa jabrlanuvchini bita bilan kaltaklagan. Shundan so‘ng ular voqea joyidan yashiringan.
30 yoshli o‘zbekistonlik ayol politsiyaga o‘zi kelganligi va ko‘rsatma berganligi ta’kidlanmoqda. U haydovchidan uzr so‘ragan va unga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan.
Izoh (0)