O‘zbekiston va Tojikiston chegarada 18 ta vakolatxona tashkil etadi. Hukumatlar o‘rtasida vakolatxonalar faoliyati yuzasidan kelishuv imzolangan bo‘lib, u Tojikiston parlamenti quyi palatasi tomonidan ratifikatsiya qilindi, deb yozadi Sputnik.
“Yettita chegara vakolatxonasini Tojikiston, 11 tasini O‘zbekiston tashkil etadi. Chegara vakolatxonalari yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklarni bevosita joyida tezkor hal etadi”, — ma’lum qildi Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiraisi o‘rinbosari Mansurjon Umarov.
Kelishuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga mart oyida amalga oshirgan tashrifi doirasida imzolangan edi.
Izoh (0)