24-aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Niderlandiyaning Gemalto kompaniyasi vitse-prezidenti Fernando dal Zotto bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuvda Shveysariyadagi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi vakili Gulnora Salimova, kompaniyaning savdo bo‘yicha direktori Jiri Sedlachek hamda kompaniyaning innovatsion va texnik marketing bo‘yicha direktori Tomas Taler ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Gemalto vitse-prezidenti ochiq investitsion siyosat tufayli O‘zbekiston bugun AKT sohasidagi xalqaro kompaniyalar uchun maftunkor bozorga aylanib borayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida, Sherzod Shermatov vazirlik xalqaro korporatsiyalar bilan hamkorlikka tayyorligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki tomon innovatsiyalar sohasidagi loyihalar ro‘yxatini tuzishga hamda yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Izoh (0)