Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi 24-aprel kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashiga Vladimir Imomovich Norov (O‘zbekiston) nomzodini tashkilot bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida kiritdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
A’zo davlatlar rahbarlari kengashi Norov nomzodini tasdiqlagan taqdirda u 2019-yil 1-yanvaridan 2021-yil 31-dekabriga qadar ShHT bosh kotibi bo‘ladi.
2016-yilning 1-yanvaridan 2018-yil oxiriga qadar ushbu lavozimni Tojikiston vakili Rashid Alimov egallab turibdi.
Izoh (0)