O‘zbekistonda 15-maydan 19-mayga qadar Chelyabinsk madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Today telekanali xabar berdi, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
Chelyabinsk viloyati gubernatorining o‘rinbosari Ruslan Gattarovning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston uzoq yillar davomida Chelyabinsk viloyatining ishonchli tashqi iqtisodiy va muhim strategik hamkori bo‘lib kelmoqda.
Delegatsiya tarkibida O‘zbekistonga mintaqaviy vazirliklar mutaxassislari, tadbirkorlar, madaniyat, turizm, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarining vakillari tashrif buyuradi.
Izoh (0)