ShHT-Afg‘oniston aloqa guruhining navbatdagi uchrashuvi may oyi o‘rtalarida Pekinda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 24-aprel kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“ShHT-Afg‘oniston aloqa guruhi ishining qayta yo‘lga qo‘yilishi ma’qullandi. Uning oxirgi uchrashuvi o‘tgan yilning kuz oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan edi, navbatdagisini may oyi o‘rtalarida shu yerda Pekinda o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, — dedi RF TIV rahbari.
U Shanxay hamkorlik tashkiloti maydoni afg‘on muammosini muhokama qilish uchun juda qulay tabiiy maydon ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)