Katta yettilik mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari Damashqni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblab, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan yaqinda Suriyaga berilgan zarbani qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Qo‘shma Shtatlar, Birlashgan Qirollik va Fransiya tomonidan Suriya xalqi ulkan aziyatlarini yengillashtirish uchun Bashar Asad rejimining kimyoviy qurol qo‘llash imkoniyatini kuchsizlantirish va uning kelajakda har qanday qo‘llanilishini tiyib turish uchun ko‘rilayotgan barcha choralarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ular tomonidan 13-aprel kuni ko‘rilgan choralar bu haqda guvohlik beradi”, — deyiladi vazirlarning Torontodagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotida.
Damashqqa javob kimyoviy qurolni qo‘llashga qarshi xalqaro me’yorlarga amal qilish bo‘yicha barcha diplomatik imkoniyatlar tugagandan so‘ng qo‘llanilganligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)