Termizda “Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tanlovning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yoshlar tanishuv, sahna ko‘rinishi, savol-javob hamda ijtimoiy loyiha yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Birinchi o‘rinni Uzun tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Sariosiyo tumanidagi 1-umumta’lim maktabi ikkinchi, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 46-umumta’lim maktabi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)