Joriy yilning 10—18-may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etadi. Jahon chempionatida 21 mamlakat terma jamoasi qatnashadi: Angliya, Belarus, Braziliya (ikkita jamoa), Burundi, Boliviya, Misr (ikkita jamoa), Hindiston, Indoneziya, Kanada, Keniya, Liberiya, Mavrikiy, Meksika, Nepal, O‘zbekiston, Pokiston, Rossiya (ikkita jamoa), AQSh, Tojikiston, Tanzaniya va Filippin.

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi 23-sonli mehribonlik uyi bazasida turnirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Terma jamoa tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Darvozabon:

Islamov Sergey

Himoyachilar

Shaplov Danil

Ochilov Jahongir

Ergashboyev Toir

Yarim himoyachi

Kotov Ruslan

Karaxanyan Ruslan

Esenbayev Aziz

Shamshilov Edgar

Hujumchi

Son Salim

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid