Suriya yetakchisi Bashar Asad 2001-yilda Parijga tashrifi davomida prezident Jak Shirak tomonidan unga taqdim etilgan mukofot — Faxriy legion Katta xoch ordenini fransuz hukumatiga qaytarib berdi. Bu haqda 19-aprel kuni davlat rahbari devonxonasining Twitter’dagi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Bayonotda Napoleon davridan buyon Fransiya Respublikasining oliy darajasi hisoblangan Katta xoch Ruminiyaning Damashqdagi elchixonasiga topshirilganligi ta’kidlanadi. Mazkur elchixona vaqtinchalik Parij manfaatlarini ifoda etadi.
“Ordenni qaytarish qarori Fransiyaning 14-aprel kuni Suriyaga qarshi Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya tomonidan tajovuzdagi ishtirokiga javoban qabul qilindi”, — deyiladi devonxona bayonotida.
Damashq AQSh quli bo‘lgan, terrorchilik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlovchi rejim ordenini taqib yurish prezident Asad uchun sharafli emasligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)