Amerikalik yozuvchi Jorj Martin “Muz va olov qo‘shig‘i”dagi bir obrazning “Taxtlar o‘yini” serialiga qaytarilishi kerak bo‘lgan qahramoni nomini aytdi. Bu haqda Cinemablend xabar berdi.

Foto: Cinemablend

Martinning aytishicha, shouga Vinterfell ledisi Keytlin Starkni qaytarish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, qahramon uning kitoblarida favqulodda muhim rolni o‘ynaydi. Muallif qahramonlar uning asarida tirilishi mumkinligini aytib, Keytlin Yuraksiz ledi qiyofasida qaytgach, sirli va shafqatsiz qotilga aylanishini hamda Keytlin oltinchi kitobdagi afsonada muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan.

Yozuvchinng qayd etishicha, agar u serial ssenariysiga ta’sir qila olganida, aynan Keytlin Starkni qaytargan bo‘lar edi. Ned Starkning rafiqasi bo‘lgan Vinterfell ledisi “Taxtlar o‘yini”ning uchinchi mavsumida halok bo‘lgan.