Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan Barvixa shahrida taniqli arxitektor Zaxa Hadid loyihasi asosidagi yagona uyning qurilishi yakunlandi. Uyning egasi Capital Group kompaniyasining asoschilaridan biri Vladislav Doronin bo‘lib, arxitektorning o‘zi uni “rus Jeyms Bondi” deb atagan. TJournal ana shu uyning suratlarini taqdim etdi.

Foto: TJournal

Binoning o‘ziga xosligi shundaki, ingichka beton “butoq”qa 22 metr balandlikda asosiy qism biriktirilgan. Uyning g‘oyasi o‘n yil avval, biznesmen va arxitektor Londonda uchrashgan vaqtda tug‘ilgan. Hadid o‘shanda bo‘lajak binoni salfetkaga chizgan.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Uyda xususiy tungi klub, suv havzasi va yapon bog‘i bor. Birinchi qavatda mehmonxona, bolalar yotoqxonasi va kutubxona joylashgan.

Foto: TJournal

Kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan britaniyalik arxitektor Zaxa Hadid 2016-yilda yurak xurujidan vafot etgan. U nufuzli Pritsker mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol arxitektor hisoblanadi. Uning loyihalariga asosan Rimdagi XXI asr san’ati milliy muzeyi, Bokudagi Haydar Aliyev markazi qurilgan.