Hozirgi vaqtda savdo va ko‘ngilochar majmualari insonlar ko‘p yig‘iladigan maskanlardan biri hisoblanib, madaniy hordiq olish maqsadida har bir tashrif buyuruvchi fuqaroni ushbu joylarda yong‘in sodir bo‘lishi mumkinligi xavotirga solib qo‘yishi mumkin.
Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi har bir fuqaro savdo va ko‘ngilochar majmualariga kelgan vaqtida, undan zudlik bilan binoni favqulodda tark etish muammosi yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olib ahamiyat berishi lozim bo‘lgan harakatlanish tartibini taqdim etdi.
Mazkur savdo va ko‘ngilochar majmualariga tashrif buyurilganda, bosib o‘tilgan yo‘l, qaysi savdo do‘konlar oldidan o‘tib ketganligi, asosiy va zaxira chiqish yo‘llarining joylashishlarini eslab qolish, ushbu yo‘llar “ChIQISh”, “VIXOD” yoki “EXIT” kabi shartli belgilar bilan ko‘rsatilgan;
-savdo va ko‘ngilochar majmualarida yonish alomatlari yoki tutun hidi sezilganda, birinchi o‘rinda sarosimaga tushmagan holda o‘zingizni qo‘lga oling va xavfni to‘g‘ri baholang;
-barcha savdo va ko‘ngilochar majmualarida yong‘inni avtomatik tarzda sezish va tovushli xabarlash tizimlari ishga tushgan vaqtda binoda ko‘ngilsiz holat yuz berganligini bildiradi;
-zudlik bilan binoda xizmat olib borayotgan xavfsizlik va boshqa ishchi-xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yo‘nalishlar orqali harakat qilinishi lozim;
-agar ushbu savdo va ko‘ngilochar majmuasi sizga tanish bo‘lsa, o‘zingiz bilgan xavfsiz yo‘l orqali yoki ko‘rinarli joylardagi evakuatsiya reja chizmalari orqali binoni tark etishga harakat qiling;
-binodan xavfsiz joyga chiqqaningizda, yong‘in haqida zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmatining 101 telefon raqami orqali binoni aniq manzili hamda bino bo‘yicha qisqacha tafsilot haqida xabar bering;
-tutun ko‘p chiqayotgan va yong‘in o‘chog‘i tarafiga harakatlanmang;
-yong‘in sodir bo‘layotgan binoning yuqori qavatlariga ko‘tarilmang, chunki yong‘indan chiqayotgan zaharli is gazi (tutun) tepaga ko‘tariladi, shuningdek binodagi uzoqda joylashgan xonalarga berkinishga harakat qilmang;
-yong‘in vaqtida binodagi barcha liftlardan foydalanmang, chunki yong‘in vaqtida barcha bino elektr tarmoqlari o‘chiriladi;
-har bir fuqaroning asosiy e’tibori nafas olish yo‘llarini yong‘indan ajralib chiqayotgan tutun va zaharli is gazlaridan himoya qilishga qaratilishi zarur bo‘lib, bu ho‘llangan kiyim, mato yordamida amalga oshirilishi lozim, agar matoni ho‘llash imkoniyati bo‘lmasa, bunday holatda quruq matodan ham foydalansa bo‘ladi;
-yong‘indan chiqayotgan zaharli is gazi binoning tepa qismlarida to‘planishini hisobga olib, imkoni boricha pastki yo‘nalishga harakat qiling;
-yong‘in vaqtida fuqarolarning vahima yoki sarosimalari boshlangan vaqtda, gavjumlikni oldini olish uchun, chiqish yo‘nalishga bir me’yordagi tezlikda harakatlaning;
-agar yo‘llar tutunga to‘lgan va ko‘rinish cheklangan bo‘lsa, devor va zinapoyalardagi tirkama moslamasini ushlab harakatlaning;
-agar chiqish yo‘nalishi tarafiga harakatlanganingizda, issiqlik harorati ko‘tarilayotganini sezsangiz, orqaga qayting va boshqa zaxira yo‘llarni izlang;
-harakatlanayotgan fuqarolar orasiga tushganingizda, qo‘lingizni mushtum qilib, tirsak qismidan buking va yoningizga siqing, aks xolda bosimdan tananing har xil qismlariga tan jarohati yetkazilishi mumkin;
-tana muvozanatini orqaga tashlab, oyog‘ingiz bilan oldiga tiraling va orqadagi bosimni pasaytiring hamda oldi yo‘lni bo‘shatib, sekin harakatlaning;
-agar ustingizdagi kiyimingiz yonayotgan bo‘lsa, aslo yugurmang, bu holda alanga kuchayishiga olib keladi, bunday holatda yong‘inni o‘chirish uchun zudlik bilan kiyimni yechishga harakat qilish, alangani urib pasaytiring, yerda dumalash yoki yonayotgan alangaga havo va kislorodni cheklash uchun zich mato bilan o‘ralishingiz zarur;
-yong‘in yoki alanga ta’siridan kuyib badanga yopishib qolgan kiyim qoldiqlarini tanadan yulib olmang, bu uchun shifokorlarga zudlik bilan murojaat qilishni unutmang.
Izoh (0)