Rustam Qobilov 16-apreldan e’tiboran Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Xabar.uz”

Rustam Qobilov 1984-yilning 8-may kuni Tayloq tumanida tug‘ilgan. SamDUni (bakalavriat, magistratura) tamomlagan, sotsiolog, iqtisodchi.

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2005—2009-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti rahbari;

2008—2009-yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi;

2009—2011-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi «Yetakchi yoshlar» markazi rahbari;

2011—2015-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar kengashi raisi;

2015—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi;

2017—2018-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu vaqtgacha bu lavozimda ishlab kelgan Azamat Umarov o‘z arizasiga ko‘ra ushbu lavozimdan ozod etildi.