Mercedes haydovchisi “Olmaota—Bishkek” trassasida O‘zbekiston fuqarosini urib yubordi va hodisa joyidan yashirindi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.

Foto: Getty Images

32 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi 14-aprel kuni yuz bergan.

“Hodisa yuz bergan joyda biz bo‘yoq dog‘lari, yashiringan avtomobil chirog‘i va bamperi qoldiqlaridan ushbu avtomobil Mercedes-Benz Viano ekanligini aniqladik. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida avtomobil haydovchisining Jambil tumanida yashashi ma’lum bo‘ldi. Uning yashash joyiga borib tekshirilganida haydovchiga tegishli avtomobilning urilganiga amin bo‘ldik va fuqaro shu zahotiyoq hibsga olindi”, — deyiladi Olmaota ichki ishlar departamenti xabarida.

Hozirda hodisa yuzasidan sudga qadar tergov jarayoni olib borilmoqda. Avtomobil maxsus avtoturargohga olib ketilgan.