Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tdi.

Foto: MOQ

11 mamlakatdan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik dzyudochilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi MOQ axborot xizmati.

Foto: MOQ

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 14 ta oltin, 13 ta kumush va 21 ta bronza medallari bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar (1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza) egalladi. Uchinchi o‘rin Qirg‘iziston (1 ta oltin, 3 ta bronza) terma jamoasi a’zolariga nasib qildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi sportchilar g‘oliblik shohsupasidan joy oldi:

-55 kg: Timur Abishev (O‘zbekiston)

-60 kg: Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston)

-66 kg: Behruz Omondavlatov (O‘zbekiston)

-73 kg: G‘olibjon Sulaymonov (O‘zbekiston)

-81 kg: Yerlan Sherov (Qirg‘iziston)

-90 kg: Ayubxon Mansurov (O‘zbekiston)

-100 kg: Shaxboz Po‘latov (O‘zbekiston)

+100 kg: Alisher Yusupov (O‘zbekiston)

Qizlar:

Foto: MOQ

-44 kg: Gulnur Muratbayeva (O‘zbekiston)

-48 kg: Nodira Abduqayumova (O‘zbekiston)

-52 kg: Muxlisa Ganjayeva (O‘zbekiston)

-57 kg: Ibodatxon Agojonova (O‘zbekiston)

-63 kg: Hojinisa Kamoliddinova (O‘zbekiston)

-70 kg: Shohista Nazarova (O‘zbekiston)

-78 kg: Nodira Yo‘ldasheva (O‘zbekiston)

+78 kg: Rinata Ilmatova (O‘zbekiston)