Jizzaxda 146 kishini aldab, salkam 130 million so‘m o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jizzax shahrida 1-aprel kuni “Sangzor” MFY yashovchi, 1974-yili tug‘ilgan M. A. va boshqa fuqarolar Bosh prokuraturaga murojaat qilib, 2017-yil iyun va iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Samanko‘l qishlog‘ida yashovchi, Smart Classic Consulting MChJ rahbari, 1993-yili tug‘ilgan D.Yu. “Oqqo‘rg‘onlik” MFY hududida 146 fuqaroga maishiy texnika mahsulotlarini olib berishini aytib, ulardan 128450000 so‘m olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida D.Yu. qo‘lga olindi.
Izoh (0)