Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Sanksiyalar 2011-yili joriy etilgan edi.
Endilikda cheklovlar 2019-yil 13-apreliga qadar davom etadigan bo‘ldi.
Sanksiyalar mamlakatda inson huquqlari buzilishi munosabati bilan joriy etilgan. Ular 82 kishi va bir tashkilotga nisbatan amal qiladi.
Izoh (0)