NATO Suriyada kimyoviy qurol qo‘llangani munosabati bilan o‘zining keskin noroziligini bildirdi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Biz kimyoviy qurol qo‘llanilishini keskin qoralaymiz. Yaqinda uyushtirilgan bunday hujum dahshatli bo‘ldi, ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Biz Suriya rejimini xalqaro gumanitar yordam kerakli joyga to‘siqlarsiz yetib borishni ta’minlashga chaqiramiz”, — dedi bosh kotib.
7-aprelga o‘tar kechasi uyushtirilgan kimyoviy hujum oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ularning aksariyati yerto‘lalarda yashiringan edi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hujum uyushtirilgan Duma shahrida kimyoviy zaharlanish belgilariga ega 500 kishi borligini ma’lum qildi.
Izoh (0)