2018-yilning 11-aprel kuni Namangan shahrida O‘zbekiston—Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlandi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati.
Uchrashuv doirasida 2017-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston—Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kiritilmagan uchastkalar bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
Uchrashuv ahil qo‘shnichilik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)