Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakat suvosti flotiga Suriya qirg‘oqlariga jo‘nash haqida buyruq berdi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Telegraph gazetasi xabar bermoqda.
Suvosti kemalarining ekipajlari jangovar shay ekanligi va Suriya hududini o‘qqa tutish haqidagi buyruqni kutayotganligi ta’kidlanmoqda. Buyruq 12-aprel, payshanba kuni Londondan kelib tushishi mumkin.
Shuningdek, Mey vazirlarni Pasxa ta’tilidan qaytarib, vazirlar mahkamasining favqulodda majlisini chaqirganligi xabar qilinmoqda. Unda Suriyaga zarba berish ehtimoli muhokama qilinadi.
Izoh (0)