BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriya atrofidagi vaziyat nazoratdan chiqishi mumkinligidan tashvishlanmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati tomonidan 11-aprel kuni tarqatilgan bosh kotib bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Kecha (10-aprel, seshanba kuni) Suriya Arab Respublikasida kimyoviy qurolning qo‘llanishi davom etayotganligi yuzasidan norozilik bildirdim. BMT Xavfsizlik kengashida jarayonning kechishini ham diqqat bilan kuzatib borayapman, afsuski u mazkur masala bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi”, — deydi butunjahon tashkiloti rahbari.
“Bugun BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan beshta mamlakatning doimiy vakillariga vaziyatning nazorat ostidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zaruratiga urg‘u berdim”, — deya ta’kidladi Guterrish.
Izoh (0)